Qutqaruvchilar jangovar tayyorgarligi oshirildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da qutqaruvchilar ishtirokida guruhli taktik mashg‘ulot o‘tkazildi.
Tadbir Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan yong‘in-qutqaruv qism hamda otryad qutqaruvchilarining jismoniy, ruhiy va jangovar tayyorgarliklarini mustahkamlash hamda murakkab sharoitlarda o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq kasbiy tajriba va mahoratini oshirish maqsadida tashkil etildi. Mashg‘ulotda asosan olovli yo‘llar va to‘siqlarda to‘g‘ri harakatlanish tartib-qoidalariga e’tibor qaratildi.
[gallery-22888]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA