Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qutqaruvchilar cho‘kib ketgan Gonkong kemasi ekipajining 12 a’zosini topishdi
16:41 / 2023-01-26

22 nafar kema ekipajidan 12 nafari Janubiy Koreya va Yaponiya o‘rtasidagi suvlikdan topilgan, biroq ulardan 11 nafari hushsiz. Janubiy Koreya va Yaponiya sohil qo‘riqchilari birgalikda qidiruv ishlarini olib bormoqda, deb yozmoqda Ryonxap agentligi.

Avvalroq Gonkongda ro‘yxatdan o‘tgan yuk kemasi bortida 22 kishi bilan Sharqiy Xitoy dengizining Dandzyo hududida cho‘kib ketgani xabar qilingan edi. Mazkur hudud Yaponiyaning Nagasaki prefekturasiga qarashli. NHK telekanali Yaponiya sohil qo‘riqchilariga tayanib to‘rt kishi qutqarib olingani haqida ma’lum qilgandi.

Agentlik ma’lum qilishicha, bortiga yog‘och mahsulotlari ortgan Jin Tian yuk kemasi Janubiy Koreyaning Chejudo orolidagi Sogvipxo shahridan 148,2 kilometr uzoqlikda cho‘kib ketgan. Kemada 14 nafar xitoyliklar va sakkiz nafar myanmaliklar bo‘lgan.