Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qutqaruvchi Obidjon Asqaraliyev “Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibi
18:44 / 2025-08-12

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar o‘rtasidagi “Eng yaxshi yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining Andijon viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyat axborot-kutubxona markazida o‘tkazilgan tanlov ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda mazkur tanlov favqulodda vaziyatlar tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, ularning kitob o‘qishga, adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, xodimlarning intellektual salohiyati va tafakkurini yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami arafasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan tanlovda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tarkibiy bo‘linma hamda tuman, shahar bo‘limlarida xizmat olib borayotgan zukko, bilimdon yosh xodimlar ishtirok etdi.

[gallery-24727]

Tanlov ishtirokchilari belgilangan shartlar asosida kitobxonlik borasidagi bilim va salohiyatini namoyish etdi. Ishtirokchilarning chiqishlari nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, Jalaquduq tumani FVB qutqaruvchisi Obidjon Asqaraliyev eng yuqori ball jamg‘arib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tanlovda ikkinchi o‘rin Baliqchi tumani FVB ish yurituvchisi Gulshanoy Abdullayevaga, uchinchi o‘rin 26- yong‘in qidiruv-qutqaruv bo‘linmasi qutqaruvchisi Abdurashid Odilovga nasib etdi.

G‘olib, sovrindor va ishtirokchilar viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan rag‘batlantirildi.

F.  Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat),

O‘zA muxbirlari