Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qutadgʻu bilig“ toʻliq holatda chop etildi
13:52 / 2020-03-30

“Yangi asr avlodi“ nashriyoti ilk bor “Qutadgʻu bilig“ asarini toʻliq holda chop etdi.


“Yangi asr avlodi“ nashriyoti ilk bor “Qutadgʻu bilig“ asarini toʻliq holda chop etdi.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” masnaviysi qoraxoniylar davri yozma adabiyoti va adabiy tilining ulugʻ obidasidir.

1989-yilda “Qutadgʻu bilig” asari yaratilganiga 920-yil toʻlishi munosabati bilan filologiya fanlari doktori, professor Boqijon Toʻxliyev tomonidan ayrim qisqartirishlar bilan tayyorlagan nasriy va nazmiy “bolalarbop bayoni” “Yulduzcha” nashriyoti tomonidan chop etilgan edi. Shoir Saʼdulla Ahmad “Qutadgʻu bilig”dan qilgan ayrim boblarning badiiy tarjimasi ham mazkur toʻplamga kiritilgan.

Keyinchalik professor Boqijon Toʻxliyev zahmati bilan mazkur toʻplam lotin alifbosida nashr etildi. Mazkur bebaho asarni adib Emin Usmon va siyosatshunos olim Fazliddin Ravshanovlar ham zamonaviy ona tilimizga sheʼriy yoʻsinda tabdil qilgan.

“Qutadgʻu bilig” dostonining yangi nashri Manzar Abdulxayr masʼul muharrirligida va Abdihamid Pardayev tahriri ostida ilk bor toʻla tabdil qilindi. Bu xayrli ish “Qutadgʻu bilig” dostonidan keng kitobxonlar ommasi yaqindan bahramand boʻlishiga, qolaversa, xalqimiz maʼnaviyati yana-da yuksalishiga qaratilgani bilan eʼtiborga molikdir.