Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qushlar alifbosi”
17:02 / 2021-06-14

Yangi kitoblar

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 146-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida shoira Sharifa Salimovaning “Qushlar alifbosi” nomli kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. She’riy to‘plamdan qushlar haqidagi 30 dan ortiq she’r joy olgan bo‘lib, unda 6-7 yoshli bolalarga qushlar haqida ko‘plab ma’lumotlar beriladi.

Tadbirda Maktabgacha ta’lim vazirligi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli shoir va yozuvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda MTT tarbiyalanuvchilari tomonidan turli mavzularda she’rlar, qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

 

Mohigul Qosimova, O‘zA