Quryozov Dilshod Ismailovichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Xorazm viloyati sanoatini rivojlantirishning ekologik-iqtisodiy imperativlari” mavzusida
Quryozov Dilshod Ismailovichning 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha “Xorazm viloyati sanoatini rivojlantirishning ekologik-iqtisodiy imperativlari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 31-oktyabr kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100066 Toshkent shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Tel.: +998712454243, +998712390159
e-mail: info@tsue.uz