Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Quruvchilar – Yangiobod” metro bekatlari oralig‘ida harakat vaqtincha to‘xtatiladi
10:57 / 2025-06-24

Poytaxtimizda aholiga qulaylik yaratish maqsadida jamoat transporti xizmatini yaxshilashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda Toshkent metropolitenining yo‘nalishlari kengaytirilib, yangi va zamonaviy bekatlar barpo etildi. Yer usti metrosi zamonaviy texnologiyalar asosida bunyod etilib, yo‘lovchilarning uzog‘i yaqin qilindi, keng qulayliklar yaratildi.

Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishidagi 14 ta bekatdan iborat “Texnopark – Qipchoq” bekatlari va bekatlar oralig‘i barpo etilgandan buyon yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda yangi qurilgan metro yo‘nalishlarida metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida yer usti estakadalari va bekatlaridan ma’lum muddat foydalanilgandan so‘ng, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish lozim. Shu munosabat bilan Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Jumladan, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish uchun 2025 yil 28 iyundan boshlab “Quruvchilar (12-bekat) – Yangiobod (6-bekat)” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlari harakati to‘xtatiladi.

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga noqulaylik yuzaga keltirmaslik maqsadida “Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. 

Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi. Bu esa yo‘lovchilarning o‘z manziliga yetib olishida hech qanday muammo yoki noqulayliklarni tug‘dirmaydi. 

M.Komilova, O‘zA