Qurtulmush: Shvetsiyaning NATOga a’zoligi quruq orzu
Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lib kirishi Anqara talabini bajarishdan bosh tortayotgan Stokgolmning amalga oshmay qolgan orzusidir. Turkiya parlamenti spikeri No‘’mon Qurtulmushning bu bayonotini “Milliyet” gazetasi chop etgan.
– Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya o‘rtasida uch tomonlama kelishuv mavjud, – ta’kidladi spiker. – Ayrimlar ig‘vogarona harakatlar qilishadi va yana NATOga kirish yo‘lida qo‘llashni so‘rashadi. Turkiya so‘zida turadigan davlat. Nimani va’da qilgan bo‘lsa, o‘shani amalga oshiradi. Muxoliflarimiz ham so‘zida turishini istaymiz. Va’dasini bajarmayotgan Shvetsiya NATOga qo‘shilishni, shunchaki, orzu qilib, kutmoqda.
Qurtulmush “terror tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlagan, ularga panoh bergan” Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish istagi tufayli Turkiya “kuchli bosim ostida” ekanini qayd etdi.
“Talabimiz bajarilmaguncha, Turkiya bu yo‘lda biror qadam ham tashlamaydi”, deya qo‘shimcha qildi parlament raisi.