English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurolli Kuchlarimiz – tinch va osoyishta hayotimiz kafolati
14:06 / 2026-01-09

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostidagi vatanparvarlik oyligi о‘tkazilmoqda. Ushbu oylik doirasida uch avlod uchrashuvlari, ochiq eshiklar kunlari, davra suhbatlari va boshqa vatanparvarlik tarbiyasini о‘zida singdirgan tadbirlar kо‘tarkinki ruhda tashkil etib kelinmoqda.

Darhaqiqat, mamlakatimiz tinchligi, sarhadlari daxlsizligini ta’minlashda Qurolli Kuchlarimiz о‘rni va roli beqiyos ahamiyatga ega. Turli tahdid va xavf-xatarlarni о‘z vaqtida bartaraf etish, dushmanni yakson qilish milliy armiyaning mas’uliyatli vazifasi hamda uning saflarida xizmat qilayotgan har bir harbiy xizmatchining sharafli burchi hisoblanadi.

E’tirof etish joizki, Qurolli Kuchlarimiz о‘tgan 34 yil mobaynida shonli yо‘lni bosib о‘tdi va zimmasiga yuklatilgan har qanday vazifalarni sharaf bilan ado etib, xalqimizning ishonchini oqladi. Bu borada Qurolli Kuchlar tizimlarida amalga oshirilgan tub islohotlar, jumladan, harbiy bо‘linmalar faoliyatini tubdan qayta kо‘rib chiqish asosida, ularning faoliyat yо‘nalishlarini belgilash, bо‘linmalarni eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarning kasbiy, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorganlik tizimining takomillashtirilishi, harbiy xizmatchilar, faxriylar va ularning oila a’zolari ijtimoiy-huquqiy himoya tizimining yanada kuchaytirilishiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar muhim omil vazifasini о‘tadi. 

Dunyo taraqqiyotining jadallashishi, globallashuv jarayonlarining shiddatli tendensiyasi hamda jahonda sodir bо‘layotgan manfaatlar tо‘qnashuvining g‘oyatda kuchayib borishi tinchlik va xavfsizlikka bо‘lgan tahdidlarning yanada ortishiga olib kelmoqda. Zamonaviy harbiy harakatlar teatri, taktik usul va vositalarining tubdan о‘zgarib borayotganligi harbiy xizmatchilar jangvar va maxsus, axloqiy-ruhiy tayyorgarliklariga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda. Bu borada muhim drayver soha sanalgan harbiy kadrlar tayyorlash tizimini ham tubdan takomillashtirish muhim masalaga aylandi. 2021-yilda О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, 2025-yilda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etildi. Universitet tarkibiga Mudofaa vazirligining barcha harbiy ta’lim muassasalari Institut maqomida kiritildi. 

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ–5077-son “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida kadrlarni tayyorlash tizimi tubdan takomillashtirildi. Universitetda professional kadrlarni tayyorlash jarayoniga bakalavriat va magistraturani о‘z ichiga oluvchi ikki bosqichli oliy ta’lim tizimi joriy etildi. 

Universitetga kunduzgi ta’lim shaklining bakalavriat va magistratura dasturlari bо‘yicha umumiy asoslarda yurisprudensiya, psixologiya va iqtisodiyot sohalarida kadrlarni talabalar tarkibiga kiritgan holda tayyorlash huquqi berildi.

Bugungi kunda Jamoat xavfsizligi universitetida kursant, tinglovchi va talabalarni zamon talablariga mos kadrlar etib tayyorlash borasida kо‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, о‘quv rejalari, fan о‘quv dasturlarini tayyorlashda amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirilib, birinchi bor dual ta’lim amaliyoti yо‘lga qо‘yildi. О‘quv jarayoniga sun’iy intellekt va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Malumki, О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti oliy harbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. Binobarin, Universitetda bugungi kunda kо‘plab fan tarmoqlari doirasida ilmiy-tadqiqot faoliyati amalga oshirilmoqda. Universitetdagi professor va fan doktori ilmiy unvoni hamda darajasiga ega kо‘plab olimlar jamoasining mavjudligi bu boradagi ishlarning natijadorligiga о‘zining ijobiy ta’sirini kо‘rsatayotganligini alohida e’tirof etish joiz.

Zohid Alimardonov,

Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra boshlig‘i, 

podpolkovnik

G‘ayrat Ikmatullayev,

Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra 

boshlig‘ining о‘rinbosari, podpolkovnik