Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari o‘rtasida ilk bor “Temurbeklar” musobaqasi o‘tkazildi
14:17 / 2019-11-01

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida kuch tuzilmalariga qarashli “Temurbeklar maktabi” va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida ilk bor “Temurbeklar” musobaqasi o‘tkazildi.


O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida kuch tuzilmalariga qarashli “Temurbeklar maktabi” va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida ilk bor “Temurbeklar” musobaqasi o‘tkazildi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti O‘zAga ma’lum qildi.

Yoshlarning ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida buyuk ajdodlarning ibratli hayotini keng targ‘ib qilish, shuningdek, ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish, tizimdagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etilgan bellashuvda jami 18 ta jamoa ishtirok etdi.

Qizg‘in va bahs-munozaraga boy o‘tgan bellashuvda jamoalar safda qo‘shiq aytib yurish, pnevmatik miltiqdan otish, 3 kilometr masofaga kross yugurish, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va “Temur tuzuklari” bilimdoni shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Bellashuvda ishtirok etgan har bir jamoa g‘oliblik uchun astoydil harakat qildi. Ularning musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rib kelgani shartlarni bajarishdagi faolligida ham yaqqol ko‘zga tashlandi. Yakuniy natijalar umumlashtirildi va kuchli uchlik aniqlandi.

Unga ko‘ra, Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Ichki ishlar vazirligiga qarashli Farg‘ona akademik litseyi jamoasi egalladi. Uchinchi o‘rin esa Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar kubok, medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.