Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurolli Kuchlar faxriylari yoshlar bilan uchrashdi
21:02 / 2022-12-22

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyida Toshkent shahar “Nuroniy” jamg‘armasi kengashi hamkorligida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi. Unda Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari H.Qarshiyev, Toshkent shahar Nuroniylar kengashi raisi, senator R.Kalanov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Nuroniy” jamg‘armasi faoli X.Tohirjonov, faxriylar va yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Qurolli Kuchlar tizimida o‘z xizmat burchini ado etib, bugungi kunda yoshlarga har tomonlama ibrat va namuna ko‘rsatib kelayotgan faxriylarning hayot yo‘li va ularning ko‘rsatgan jasorati haqida yoshlarga hayotiy misollar bilan so‘zlab berildi.

[gallery-10045]

Tadbir doirasida ishtirokchilar muzey hududida qad ko‘targan “Vatanga qasamyod” haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Muzey eksponatlari bilan tanishib, o‘tmishga sayohat qildi. Ular qadimda yashab o‘tgan insonlar, ularning turmush tarzi, mudofaa va qurolsozlikning rivojlanishi, hududlarni himoyalashda foydalanilgan harbiy anjomlar va qurol-yarog‘lar haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.

Badiiy qismda Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansamblining vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

Kamola Yusupova, Davron Ernazarov (surat) O‘zA