Yurtimizdagi islohotlar va yangilanish jarayonida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining ham o‘rni beqiyos.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida «Yoshlarimiz ma’naviyati va intellektual salohiyatini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari» mavzusida forum tashkil etildi.
«Yosh harbiylar forumi»da Mudofaa vazirligi rahbariyati, keng jamoatchilik vakillari hamda qo‘shinlarda xizmat qilayotgan yosh harbiylar ishtirok etishdi.
Forum avvalida yosh harbiy xizmatchilarning sohaga oid innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari ko‘rgazmasi, yosh harbiy adib va shoirlar chop etgan kitoblar, she’riy to‘plamlar taqdimoti, «Yoshlar kutubxonasi» hamda «Mard askarga sovg‘a» rukni ostida nashr etilgan badiiy adabiyotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-15175]
Tadbirda Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshlig‘i general mayor Shuhrat Xolmuhamedov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Temurbek Poyonovlar so‘zga chiqib, sohada amalga oshirilayotgan samarali ishlar yuzasidan ma’lumotlar berdi.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining yosh harbiylarga yo‘llagan murojaati o‘qib eshittirildi.
Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglanib, sohada Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan tayyorlangan hisobot videoroligi namoyish etildi.
Tadbir davomida hududiy harbiy qismlardan ham yosh harbiy xizmatchilar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Forumning badiiy qismida yoshlar tomonida buyuk ajdodlarimiz siymolari, jadid bobolarimizning qahramonliklari gavdalantirildi bu esa ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fetBz9BR_HQ" title="Qurolli Kuchlar akademiyasida “Yosh harbiylar forumi” oʻtkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA