Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurolli Kuchlar akademiyasida navbatdagi bitiruv va tavsiyanomalar berish marosimi o‘tkazildi
15:15 / 2021-05-29

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida “Umumqo‘shin”, “Harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasi”, “Malaka oshirish” kabi fakultetlar bor.

 Ushbu fakultetlarning vazifalari bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha keng bilim va tafakkurga, yuksak kasbiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan yetuk ofitser kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat.

29 may kuni akademiya “Harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasi” fakulteti tinglovchilari hamda “Malaka oshirish” fakultetining akademik kurslarini tamomlagan ofitserlarning navbatdagi bitiruv marosimi o‘tkazildi. Bitiruvchi ofitserlarga diplom, ko‘krak nishonlari va sertifikatlar topshirildi. Namunali harbiy xizmatchilar Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, bir guruh harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha imtiyoz beradigan tavsiyanomalarni tantanali topshirish tadbiri ham bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan 25 nafar va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan rezervga bo‘shatilgan 3 nafar harbiy xizmatchining farzandlari ushbu imtiyozdan foydalanib, tavsiyanomalarga sazovor bo‘lishdi.

Boburmirzo SOLIEV,  

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli  

Kuchlari akademiyasi yoshlar yetakchisi