Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurol-yarog‘larni noqonuniy ravishda olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
15:34 / 2023-06-15

Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan bojxona chegaralari orqali qurol-yarog‘larni noqonuniy ravishda olib o‘tilishiga doir qator qonunbuzarlik holatlari muntazam fosh qilinmoqda.

"Yallama" chegara bojxona postiga pochta jo‘natmalarini olib kirayotgan avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda 152 dona ov quroli gilzasi, 400 dona ov quroli gilzasiga ishlatish uchun mahsulot, 80 dona o‘qlar, 1 dona o‘q yasash (quyish) uchun qolip va 17 komplekt qurollarni tozalash uchun moslamalar  hamda 100 donadan jami 200 dona ov patronlar uchun konteynerlar aniqlandi.  

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.    

“Yallama” chegara bojxona postiga fuqaro G.A. boshqaruvida kirib kelgan “Mersedes Benz” rusumli avtotransport vositasiga ortilgan tovarlar “Rapiscan” rentgen qurilmasidan o‘tkazilib ko‘zdan kechirilganida hech qanday hujjati bo‘lmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, qiymati 600 million so‘mlik, jami 3 000 dona “Midaks” nomli tarkibida “tropikamid 10 mg” nomli kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bor bo‘lgan dorilar borligi aniqlandi.  

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

O‘zA