Qurol eksporti bo‘yicha AQSH va Rossiya yetakchilik qilmoqda
Stokgolmdagi xalqaro tinchlik muammolari tadqiqotlari instituti bugun 2017-2021 yillardagi xalqaro qurol savdosi bo‘yicha ma’ruzasini e’lon qildi, deyiladi TASS xabarida.
Unga ko‘ra, mazkur savdoda umumiy miqdorning pasaygani, Rossiyada keyingi besh yilda qurol savdosi hajmi 26 foizga kamayganiga qaramasdan AQSH va Rossiya asosiy eksportyor sifatida qolayotgani qayd etilgan.
Bu muddatda oldingi besh yillikka nisbatan qurol savdosida 4,6 foiz pasayish kuzatilgan. Yevropa, Sharqiy Osiyo va Okeaniyaga qurol importi oshgan. AQSH va Fransiya harbiy eksportida sezilarli o‘sish kuzatilgan. Qurol importi Yevropaga 19 foiz, Sharqiy Osiyoga 20 foiz va Okeaniyaga 59 foiz ko‘paygan.