Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurol berish ziddiyat cho‘zilishiga olib keladi...
16:27 / 2023-09-21

YeI Ukrainaga Rossiya hududiga hujum qilish uchun emas, faqat o‘zini himoya qilmog‘i uchun qurol-aslaha yetkazib bermoqda, deya bayonot berdi Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel jurnalistlar bilan uchrashuvda.

– Biz Ukrainaga o‘zini, xududini himoya qilishi uchun yordamlashmoqdamiz, – dedi u. – Hech qachon Rossiyaga hujumni ma’qullamaganmiz. Kiyevga o‘zini himoya qilishi uchun qurol yetkazib beryapmiz.

BMTning qiynoq va qo‘pol munosobat masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Elis Jill Edvards AQSHdan Ukrainaga kassetali o‘q-dori jo‘natishto‘g‘risidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishni talab qildi. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qo‘shma Shtatlar Davlat kotibi Entoni Blinken bayonotiga ko‘ra, dunyo hamjamiyatining bir qismi Rossiyaga qarshi harakat, Kiyevga berilayotgan yordam tufayli G‘arbga norozilik bildirmoqda.

Bolgariya Prezidenti Rumen Radev BMT Bosh Assambleyasining muhim vazifasi Ukrainada tinchlikni tiklashga yo‘l ochish, dedi.

- Bizga baquvvat siyosiy iroda, diplomatiya va faol muzokara zarur, deya qo‘shimcha qilgan u.

Polsha Ukrainaga boshqa hech qanday qurol-aslaha bermaydi, deb bayonot berdi “Polsat” telekanaliga hukumat rahbari Mateush Moravetskiy.

“Biz o‘zimizni eng zamonaviy qurol-aslaha bilan ta’minlamoqdamiz. “Tinchlikni istasang, urushga tayyorlan” tamoyiliga binoan, ko‘p buyurtma berganmiz”, dedi u.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg AQSH tomonidan Kiyevga berilayotgan yordam ustidan nazorat yo‘qligi to‘g‘risidagi xavotirga qaramay, Ukrainaga ko‘mak davom etadi, deya ishonch bildirdi. “Bloomberg” agentligiga suhbatda u “AQSH va NATOdagi ittifoqdoshlar Ukrainani qo‘llashda davom etadi”, degan.

Rossiyaning BMT huzuridagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya tashkilotning ko‘plab a’zolari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokidagi Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini spektakl, deb baholashini aytgan.

Zelenskiy Nyu-Yorkda AQSH sobiq Davlat kotibi (1973-1977 yillar) Genri Kissinjer va amerikalik tadbirkorlar bilan Ukrainani qayta tiklash masalasini muhokama qilgan, deb xabar berdi “CNN” telekanali. Uchrashuvda milliarderlar Mayk Blumberg, Barri Sternlixt, Robert Kraft, Bill Ekman hamda “Google” bosh direktori Erik Shmidt ham qatnashgan.

G‘arb mamlakatlari Kiyevga qurol-aslaha yetkazib berishi ziddiyat cho‘zilishiga olib keladi, dedi Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy.

“Ukrainaga NATO mamlakatlari qurol bermoqda, inqirozdan foyda ko‘rayotganlar urush tugashini istamaydi”, degan u.

Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan Kiyev uchun “zarur ehtiyoj” va mamlakatlar “xavfsizligi kafolati” masalasini muhokama qilgan. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqda yozgan.

Avstraliya Ukrainaning Rossiyaga qarshi xalqaro sudga bergan da’vosini qo‘llagan davlatlar safiga qo‘shilishini ma’lum qiladi, deb bayonot berdi tashqi ishlar vaziri Penni Vong.

Ukraina Rossiya qo‘shinlarining kuch va vositalariga vaqtida javob berish uchun safarbarlik tadbirlarini faollashtirmog‘i lozim. Bu fikrni Oliy Radaning Milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qo‘mitasi kotibi Roman Kostenko bildirgan. Uning aytishicha, hozirgiga nisbatan yanada kengroq safarbarlik boshlash lozim.

“Safarbar etilgan ukrainaliklarning 80 foizi harbiy sohaga mansub emas”, degan Kostenko.

Abror XON, O‘zA