French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurol aslahalar namoyishi yoshlarda katta taassurot qoldirdi
16:00 / 2026-01-12

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat kengashi hamda Nuriston qo‘rg‘onida joylashgan harbiy qism hamkorligida “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida Talimarjon shaharchasida vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.

Tadbir davomida Talimarjon shaharchasi aholisi va yoshlari uchun Qarshi harbiy garnizoni harbiy orkestrining musiqiy chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, harbiy qism xizmatchilari tomonidan qo‘l jangi usullari, zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy tayyorgarlik elementlari ko‘rgazmali tarzda taqdim etildi.

Festival ishtirokchilari harbiy xizmatning mazmun-mohiyati, Vatan himoyasining sharafi va mas’uliyati haqida yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ayniqsa, yoshlarda armiyaga bo‘lgan qiziqish va hurmatni oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda bunday tadbirlarning ahamiyati katta ekani ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, ushbu festival aholi va yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, Qurolli Kuchlar faoliyati haqidagi tasavvurlarni kengaytirish hamda xalq va armiya o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri