French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quritilgan atirgul gul barglari xorijga eksport qilinmoqda
15:58 / 2026-01-25

Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi “Chinobod nurli zamin” agrofirmasida quritilgan atirgul gul barglari qadoqlanib, qator xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, quritilgan gul barglaridagi foydali moddalar, xususan, damlama tayyorlashda ishlatiladigan gul barglari inson immunitetini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Jahon bozorida mazkur mahsulotning 1 kilogramm narxi 160-250 AQSH dollari atrofida baholanmoqda.

Agrofirma tomonidan gul bargi eksportining yo‘lga qo‘yilgani tumanning eksport salohiyatini oshirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

F.Ubaydullayev,
Z.Umrzoqov (foto), O‘zA