Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilishni yakunlamagan kompaniyaga chora ko‘rildi
13:53 / 2025-04-11

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga fuqaro tomonidan “ZAMIN GREAT CITY” MCHJ bilan tuzilgan shartnoma yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahri, Bektemir tumanidagi ko‘p qavatli turarjoydan 39,47 kv.m maydonga ega 2 xonali xonadonni sotib olish uchun 252 608 000 so‘m to‘lov amalga oshirilgan. Shartnoma bo‘yicha qurilish muddati 2024 yil 4 chorak etib belgilangan bo‘lishiga qaramay, hanuzgacha uy topshirilmagani va qurilish ishlari to‘xtab qolgani aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 19-moddasiga muvofiq, iste’molchi belgilangan muddatda uy topshirilmagan taqdirda, shartnomadan voz kechish, yetkazilgan zararni qoplash va to‘langan mablag‘ni qaytarish huquqiga ega. Shuningdek, ijrochi qurilish muddatini buzgani uchun qonunchilikda nazarda tutilgan penya va boshqa majburiyatlarni bajarishi shart.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Raqobat qo‘mitasi maxsus komissiyasi tomonidan “ZAMIN GREAT CITY” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Qurilish muddatlariga amal qilish, iste’molchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish va ularning moddiy manfaatlarini tiklash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

N.Rahmonova, O‘zA