Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilishlarga ajratilgan byudjet mablag‘larini maqsadsiz ishlatish, talon-toroj va o‘g‘rilik holatlari ko‘rsatib o‘tildi
11:10 / 2024-01-29

Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari kompleksga kiruvchi vazirlik va idoralar oldida turgan uy-joy va qurilish sohasidagi eng dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Bu yil investitsiya dasturi doirasida 1 ming 637 ta infratuzilma ob’ektini qurish belgilangan.

Lekin soha yoki hudud rahbarlari byudjet mablag‘larini samarali ishlatish, qurilishlar sifatini ta’minlash bo‘yicha namuna bo‘ladigan tizim yaratmagani qayd etildi.

Qurilishlarga ajratilgan byudjet mablag‘larini maqsadsiz ishlatish, talon-taroj va o‘g‘rilik holatlari ko‘rsatib o‘tildi.  

Ayrim quruvchi tadbirkorlarning yashirin ishlashiga yoki bunday ishlashga majbur qiladigan shart-sharoitlar borligi ta’kidlandi.

 

O‘zA