Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilishdagi qonunbuzilishlar: Iste’molchilar manfaati sud orqali tiklanmoqda
16:14 / 2025-12-25

So‘nggi paytlarda aholi tomonidan uy-joy xaridi bilan bog‘liq murojaatlar soni ortib bormoqda. Xususan, qurilish kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalarga rioya etilmasligi, o‘z vaqtida to‘lov qilingan bo‘lishiga qaramasdan, xonadonlarni belgilangan muddatlarda topshirish majburiyatlarining bajarilmayotgani fuqarolar e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan Raqobat qo‘mitasi tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan tegishli ta’sir choralari ko‘rildi. Jumladan, Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, ayrim quruvchi tashkilotlar tomonidan qonun talablari buzilgani aniqlandi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni 19-moddasiga muvofiq, ijrochi shartnomada belgilangan muddat, hajm va sifat talablariga qat’iy rioya etgan holda ishlarni bajarishi shart.

Aniqlangan holatlar yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan sud organlariga jami 32 nafar iste’molchi manfaatida 11 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirish haqida da’vo arizalari kiritildi.

Sudlarda ko‘rib chiqilgan ishlar natijasida “GLAMUR GOLD”, “TRANSPORT FREE GROUP”, “LUCKY TECHNICAL”, “BROCCOLI PLUS”, “NUR” MCHJlarga nisbatan 16 nafar iste’molchi foydasiga jami 6,7 milliard so‘m mablag‘ni qaytarish to‘g‘risida hal qiluv qarorlari qabul qilindi.

Ayni vaqtda qolgan iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha sud ishlari belgilangan tartibda davom etmoqda.

Nigora Rahmonova, O‘zA