Farg‘ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyasi yangitdan ta’mirlangan binoda ish boshladi.
Mazkur inspeksiya qurilish sohasida davlat nazoratini amalga oshirib kelayotgan bo‘lib, so‘nggi yillarda soha to‘liq raqamlashtirildi. Bugungi kunda viloyatda ushbu tizimda 86 nafar xodim mehnat qilmoqda.Uch qavatli zamonaviy binoda xodimlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, ob’ektlarda shaffoflikni ta’minlash maqsadida inspeksiyada operator shtabi tashkil etilib, qurilish ketayotgan ob’ektlarni real vaqt rejimida kuzatib borish uchun monitor o‘rnatildi. Inspektorlar planshet va bodi kameralar bilan ta’minlandi.
Viloyat hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 1 ming 119 ta ob’ektlar ro‘yxatdan o‘tgan. Qurilish ob’ektlarida 7 ming 602 ta nazorat tekshiruvlari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga 5333 ta yozma ko‘rsatmalar berilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasiga asosan qurilish sohasidagi huquqbuzarliklari uchun 584 ta holatda ma’muriy choralar ko‘rilgan. Ob’ektlarda 332 ta holatda sifatsiz ishlar aniqlanib, Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat va hududiy tuman-shahar shtablariga ma’lumot kiritilgan.
[gallery-20885]
M.Sulaymonov, M.Qodirov (surat), O‘zA