Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilishda nazorat va sifat — eng muhim omil
20:43 / 2025-11-12

Urganchda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatov ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Xorazm viloyati hokimligi, prokuratura va tegishli tashkilotlar, shuningdek, quruvchi tashkilotlar va boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi. Tuman va shahar hokimliklari mas’ullari esa "ZOOM" platformasi orqali  qatnashdi.

Yig‘ilishda Xorazm viloyati hududida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylar, shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi qurilishlar, shu bilan birga davlat dasturlari doirasida qurilayotgan ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish ishlarining sifati hamda ularda amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlari masalalari muhokama qilindi.

[gallery-26214]

Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida ijtimoiy soha binolari va ko‘p qavatli uylarda issiqlik ta’minoti tizimlarining barqaror, xavfsiz va uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda shu sohada olib borilayotgan nazorat tadbirlariga alohida e’tibor qaratildi.

Asosiy e’tibor qurilish jarayonlarida nazoratni kuchaytirish va sifatni oshirishga qaratildi. Shu bilan birga, kuz-qish mavsumida ob’ektlarning issiqlik ta’minoti barqaror ishlashini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

— Prezidentimizning tegishli farmon va qarorlariga asosan joriy yilda respublikamizda jami 135  ming kvartirali uy-joy hamda 1 ming 817 ta ijtimoiy infratuzilma ob’ekti qurilib foydalanishga topshirilishi belgilangan, —deydi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatov. — Respublikamizda aholi soni yildan-yilga izchillik bilan o‘sib borishi oldimizga aholini uy-joy bilan ta’minlash, maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va boshqa zarur infratuzilma ob’ektlarini o‘z vaqtida qurish va foydalanishga topshirish kabi dolzarb va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. Afsuski, ayrim tuman hokimlarining qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, buyurtmachi va mutasaddi tashkilotlar yuqoridagi vazifalarning dolzarbligi va ahamiyatini to‘liq anglab yetmayapti. Ob’ektlarni o‘z vaqtida topshirish qanday muhim bo‘lsa, qurilish ishlarining sifati, loyiha-smeta hujjatlariga rioya etilishi, belgilangan me’yor va standartlarga muvofiqligi ham shunchalik ahamiyatli hisoblanadi.  Axir, ob’ektni faqatgina belgilangan muddatda emas,  sifatli, mustahkam va uzoq muddat xizmat qiladigan holda foydalanishga topshirish – barchamizning umumiy maqsadimiz bo‘lishi kerak.  

Yig‘ilish yakunida mutasaddi idoralar va mas’ul rahbarlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, nazoratni kuchaytirish va amaliy natijalarga erishish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari