Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilishda ishlatiladigan ayrim metall mahsulotlari belgilangan meʼyorlarga javob bermadi
17:53 / 2020-03-10

Mamlakatimizda qurilish sohasi jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi.


Mamlakatimizda qurilish sohasi jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, zamonaviy bnonlar, turar joylarning barpo etilayotgani fikrimiz isboti deyish mumkin.

Shu oʻrinda muhim bir savol tugʻiladi. Qurilishda ishlatilayotgan barcha mahsulotlarning sifati xalqaro meʼyorlarga toʻliq javob beradimi, bozorlarda sotilayotgan metall mahsulotlari tegishli sertifikatlarga egami?

Mazkur murojaatlarga asosan “Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan qurilishda ishlatiladigan metall mahsulotlarining tahlili oʻtkazildi.

Maʼlumki Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-dekabrdagi 999-sonli qaroriga asosan “Qurilishda ishlatiladigan qora metall mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi maxsus texnik reglamenti qabul qilingan boʻlib, unda qora metall prokati mahsulotlariga majburiy sifat va xavfsizlik talablari belgilab qoʻyilgan.

Maʼlumot uchun: mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va chet mamlakatlardan keltirilgan metall mahsulotlariga 2019-yilda 6553 ta va 2020-yilning yanvar-fevral oylarida 1233 ta muvofiqlik sertifikati berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan, Temir yoʻl mahsulotlarini sertifikatlashtirish markazi tomonidan berilgan sertifikatlarning hujjatlari oʻrganilganda muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirishda qoʻpol kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani aniqlandi. Jumladan, sinovlar amaldagi standartlarga asosan toʻliq oʻtkazilmagan hamda arizalarni koʻrib chiqish muddatlari buzilgan. Hozirgi kunda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼul xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar koʻrilmoqda.

Shuningdek, “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament tomonidan qurilishda ishlatilayotgan metall mahsulotlari sifati va xavfsizligini oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamkorligida Nazarbek temir bozorida sotilayotgan hamda Toshkent shahridagi qurilish obyektlarida ishlatilayotgan metall mahsulotlaridan namunalar olindi va akkreditlangan sinov laboratoriyasiga topshirildi.

Ming afsuski, oʻtkazilgan sinovlar natijasida 5 turdagi armaturadan 4 tasi hamda 2 turdagi boshqa temir mahsulot amaldagi texnik reglament va standartlar talablariga muvofiq emasligi aniqlandi.

Maʼlumot uchun: Sinovdan oʻtkazilgan armatura mahsulotlari Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlaridan keltirilgan. Oʻrganish natijalariga asosan metall mahsulotlarining sertifikatlashtirish idoralariga ogohlantirish xatlari yuborildi.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati.