Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axboroti eshitildi
11:14 / 2025-11-20

Bugungi kunda mamlakatimizda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, suv resurslaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish, ifloslanishining oldini olish, oqova suvlarni xavfsiz tarzda qayta ishlatish hajmini oshirish, 2030 yilgacha barcha uchun turar joy va uy-joy kommunal xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash kabi yo‘nalishlarda qator samarali sa’y-harakatlar yo‘lga qo‘yilgan.

Bu boradagi ishlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida atroflicha muhokama qilindi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining “BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‘yicha sohada tizimli ishlarni tashkil etish hamda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.

Ta’kidlanganidek, 21,8 ming kilometrdan ortiq ichimlik, oqova suv tarmoqlari va 2 ming 851 ta ob’ekt qurilib, foydalanishga topshirilgan. Xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan jami 1 594,1 km. ichimlik hamda 329,8 km. oqova suv tarmoqlari va inshootlarni qurish ishlari amalga oshirilgan. Hozirgi kunga qadar 117 shahar, 302 ta shaharcha bosh rejalari va 1 ming 664 ta qishloq aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilgan.

Shuningdek, 2030 yilgacha har yili o‘rtacha 5 mingdan ortiq ko‘p kvartirali uylar joriy va mukammal ta’mirlanadi.  

Yig‘ilishda ichimlik va oqova suv tarmoqlarini kengaytirish, ularni modernizatsiya qilishni jadallashtirish, shaharlar va aholi punktlarida yashil hududlar, istirohat bog‘lari, bolalar uchun o‘yin maydonlarini kengaytirish, ko‘p kvartirali uylarni o‘z vaqtida ta’mirlash yuzasidan fikrlar almashildi.

Muhtarama Komilova,

O‘zA