Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish va ta’mirlash ishlari prokuratura nazoratida
08:58 / 2023-08-03

Buxoro viloyati prokurori Mahmud Istamov Buxoro shahridagi “O.Eshonov”, “Hamza”, “I.Mo‘minov”, “I.Karimov”, “S.Ayniy” va “Bog‘i Shamol” ko‘chalarida renovatsiya asosida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarda amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rgandi.

Shuningdek, Navro‘z mahallasidagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish va 990 o‘rinli yangi o‘quv blogi qurilishi bilan tanishdi.

Ob’ektlarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatda sifatli yakunlab, foydalanishga topshirish bo‘yicha pudrat tashkilotlari va mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Ma’lumot uchun, 2018 – 2021 yillar davomida renovatsiya davlat dasturi doirasida Buxoro shahrida jami 144 uy - joylar buzilib, o‘rniga zamonaviy loyihalar asosida 69 ko‘p qavatli uy - joy qurilishi boshlangan.

Prokuratura organlari tomonidan renovatsiya dasturining ijrosi nazoratga olinishi natijasida 19 turar - joy binosi foydalanishga topshirildi. 43 turar - joy binolarida qurilish - montaj ishlari davom etmoqda. Shuningdek, 2021 - 2022 yillar davomida 89 ko‘p qavatli turar - joy binolarining qurilish me’yorlariga zid ravishda foydalanishga qabul qilinganlik holati aniqlangan. Aniqlangan holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib jami 5,6 milliard so‘mlik kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgan. 1 ming 251 nafar fuqarolarning xonadonlarga ko‘chib kirishi ta’minlangan.

Turar - joy binolarini qurib foydalanishga topshirish davomida fuqarolarni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, ularga tegishli xonadonlarni rasmiylashtirib bermagan quruvchi tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan 17 jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yetkazilgan 5,1 milliard so‘mlik zararning undirib berilishi va boshpanasiz qolgan 79 nafar fuqarolarga o‘zaro kelishuv asosida uy- joylar olib berilgan.

Zarif Komilov, O‘zA