FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Denov tumanida faoliyat yuritayotgan “Inter Prof City Stroy” MCHJ qoshidagi tosh maydalash va saralash zavodi hudud qurilish sanoatida muhim o‘rin egallaydi. 2021 yilda ish boshlagan mazkur korxona qisqa vaqt ichida ichki bozor uchun sifatli xomashyo yetkazib beruvchi barqaror ishlab chiqarish maskaniga aylangan.
Zavodda bugungi kunda 12 nafar doimiy ishchi mehnat qilayotgan bo‘lib, ular zamonaviy uskunalar yordamida toshni maydalash, saralash va qum-shag‘al mahsulotlarini tayyorlash jarayonlarini amalga oshirmoqda. MCHJning yillik ishlab chiqarish quvvati 50–60 ming kub metrni tashkil etadi. Bu hududdagi qurilish ehtiyojlarini qoplashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan qum va sheben mahsulotlariga ichki bozorda talab yuqori. Ushbu qurilish mahsulotlari asfalt zavodlari, beton ishlab chiqarish korxonalari hamda turli qurilish ob’ektlarida keng qo‘llaniladi.
[gallery-27104]
Zavod hududdagi qurilish tarmog‘ini zarur xomashyo bilan ta’minlabgina qolmay, balki mahalliy aholi bandligini oshirish, iqtisodiy faollikni kuchaytirishga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Kelgusida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish rejasi ham korxonaning rivojlanish istiqboli keng ekanini ko‘rsatadi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA