Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi
07:57 / 2022-03-10

Buxoro arxitektura va qurilish texnikumida “Knauf” xorijiy qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda “Quruq usulda qurilish va suvoqlash ishlari” yo‘nalishida worldsklills standartlari asosida o‘quvchilar o‘rtasida kasb tanlovi o‘tkazildi.

Tadbir doirasida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish, Mudofaa vazirliklari tashabbusi bilan Buxoro viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamkorligida professional ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitilish uslubiyoti mavzuida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. 

[gallery-6076]

Seminar qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashda zamonaviy o‘quv uslublarini amaliyotga tadbiq etish maqsadiga qaratildi. Unda mamlakatimizdagi barcha qurilish texnikum va kollejlari, shuningdek, Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazlari vakillari ishtirok etdi. 

Davlatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari tomonidan sohaga oid nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalar taqdim etildi.


 

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA