O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 6 dekabrdagi “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvning Andijon modeli muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Andijon viloyatidagi qurilish va uy-joy kommunal xizmatlari tizimidagi tashkilotlar, qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari ishtirok etdi.
Davra suhbatida Andijon viloyatida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida natijaga asoslangan boshqaruv modelini ishlab chiqish, jumladan, tuman darajasida aholi va tadbirkorlarga qurilish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi “yagona darcha” loyiha ofislarini tashkil etish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot davomida mutaxassislar, tadbirkorlar tomonidan xalqaro me’yor va standartlarga asoslangan zamonaviy qurilish tizimini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Yakunda sohalararo integratsiyani kuchaytirish, boshqaruv jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish va elektron tizimlar asosida proaktiv boshqaruv modelini joriy etish ishlarini jadallashtirish, shuningdek, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq va manzilli takliflar ishlab chiqilishi belgilab olindi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat),
O‘zA muxbirlari.