Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish sifati nazoratga olingan
11:21 / 2024-02-13

Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifatliligi yuzasidan muntazam nazorat tadbirlari o‘tkazib boriladi.

Jumladan, viloyatdagi “Xonobod vetka” tumanlararo kanalida shunday o‘rganish o‘tkazildi. Ushbu kanalni rekonstruksiya va qurilish-montaj qilish ishlari “Farg‘onasuvqurilishinvest” davlat muassasasi buyurtmachiligida bosh pudratchi “Bag‘dodmaxsussuvpudrat” va yordamchi pudratchi “Dang‘aramaxsussuvpudrat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilyapti.  

O‘rganish davomida mazkur ob’ektda bir qator kamchiliklar, ishning sifatsiz bajarilgani aniqlandi. Xususan, ob’ektda texnik, mualliflik va ichki nazorat bo‘yicha mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda nazorat ishlari olib borilmagan. Kanalning chap yoni qiyalik qismiga quyilgan quyma betonning yuza qismlarida g‘ovakliklar va ko‘ndalang yoriqlar hosil bo‘lgan.  

Qoidabuzarliklar yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan qurilishning mas’ul shaxslariga yozma ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, sifatsiz bajarilgan qurilish ishlari buzdirilib, qaytadan bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.  

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri