Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish ob’ektidagi noqonuniy elektr sarfi yuzasidan 2 milliard 917 million so‘mlik zarar aniqlandi
12:23 / 2025-11-12

Qurilish ob’ektlarida elektr ta’minoti qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, energoresurslarining noqonuniy sarflanishini bartaraf etish respublika uchun ustuvor vazifalardan biridir.

Afsuski, keyingi paytda bunday ob’ektlarda noqonuniy holatlar tez-tez kuzatilmoqda.

Yaqinda  Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi “M.E.” xususiy korxonasiga tegishli qurilish ob’ektida o‘rganish olib borildi. Unda aniqlanishicha, ushbu  qurilish ob’ekti hisoblagichsiz tarmoqqa ulangan va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

"O‘zenergoinspeksiya"ning tekshiruvlari natijasida dastlabki hisob-kitoblarda 2 milliard 917 million so‘m miqdorida zarar qayd etilgan. Hozirda holat bo‘yicha  huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.  

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA