Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish materiallari sohasida bir yilda 645 million dollarlik eksport amalga oshirilgan – “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
15:08 / 2024-01-18

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va unga a’zo korxonalar o‘tgan 2023 yilni samarali yakunladi. Buni barcha yo‘nalishlarda erishilgan natijalar ko‘rsatkichida yanada yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Deylik, o‘tgan yil 34,2 trillion so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilgan bo‘lib, belgilangan reja 111,5 foizga bajarildi. Sohaning mamlakat sanoatidagi ulushi esa 5,9 foizni tashkil etdi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilinganda 38 million kvadrat metr qurilish oynasi, 87,1 million kvadrat metr gipsokarton, 15,5 million tonna sement, 42 million kvadrat metr keramik plitka kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan. Sohaga 2,1 milliard dollarlik investitsiyalar yo‘naltirilgan va shundan 1,3 milliard  dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan.  

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z bordi. Unda uyushmaning bir yillik faoliyati sarhisob qilindi.  

Uyushma boshqarma boshlig‘i Botir Xo‘jabekovning so‘zlariga ko‘ra, qurilish materiallari sohasida 645 million dollar eksport amalga oshirilgan. Eksport qilingan mahsulotlarning 27 foizi metall buyumlar, 10 foizi keramika mahsulotlari, 14 foizi PVX profil, truba va plastmassa mahsulotlari, 8 foizi quruq qurilish qorishmalari kabi mahsulotlar ulushiga to‘g‘ri keldi.  

–E’tiborlisi, 2023 yilda eksport qilingan qurilish materiallari turlari 55 dan 65 taga oshirildi. Shuningdek, eksport geografiyasi 43 davlatdan 53 taga yetkazildi. O‘tgan yilning o‘zida qo‘shimcha 10 tadan ortiq yangi mahsulotlar eksport qilindi. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 24 yanvardagi “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 1,9 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan reja 137,3 foizga bajarilishi ta’minlandi. Shuningdek, “Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Unda tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga soliq yukini kamaytirish, mamlakatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish yuzasidan bir qator yengilliklar taqdim etilgan. Unga ko‘ra, Yer qa’ridan foydalanganlik uchun sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasi 1 tonna uchun 6 ming so‘m etib belgilandi. Sement ishlab chiqarish uchun ohaktoshga soliq stavkasining kamaytirilishi ushbu mahsulotlarning mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobatbardoshligini oshirishiga xizmat qiladi, – dedi B.Xo‘jabekov.  

[gallery-15523]

Tadbirda atrof tabiiy muhitga ta’sir qilish xavfi yuqori bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlarining atrof-muhitga bo‘lgan ta’siri monitoringini kuchaytirish, mazkur soha takomillashtirilishi va raqamlashtirilishi bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilingani va bugungi kunda ularning ijrosi ta’minlayotgani haqida to‘xtalib o‘tildi.  

–Ushbu talablar asosida 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan “Tarmoq jadvali” ishlab chiqilgan, – dedi uyushma bo‘lim boshlig‘i Murod Ashrapov. – Belgilangan “Tarmoq jadvali” asosida ishlab chiqaruvchi korxonalarning 10 tasida avtomatik stansiya o‘rnatilgan. Sement zavodlaridan atmosfera havosiga tashlanayotgan changlarni kamaytirish va sanitariya me’yorida bo‘lishini ta’minlashda siklonli filtr, elektrofiltr va boshqa turdagi texnologik chang-gazlar tozalovchi qurilmalar qo‘llaniladi. Bu qurilmalar changning umumiy miqdorini 75 foizdan 99 foizgacha tozalash samaradorligiga ega.  

Ta’kidlanganidek, insonlarning sog‘lom hayot kechirishi va uzoq umr ko‘rishi uchun atmosferaga tashlanayotgan zararli moddalarning miqdorini kamaytirish uyushmaning eng asosiy maqsadidir. Shu sababli, muntazam zavod atrofida manzarali daraxtlar ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Sanoat korxonalariga jahon talablariga mos filtrlar o‘rnatilmoqda va mavjudlari rekonstruksiya qilinmoqda.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/9QqZWv7b73c?si=IfHGzOSAPqz0XXIn" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA muxbiri