Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish materiallari qimmat narxlarda xarid qilingan
12:30 / 2024-02-06

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xiva tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari “A.q.” xususiy korxonasi hamda “KN.G.”MCHJdan qurilish materiallarini bozor bahosidan 571,8 million so‘mga qimmat narxlarda xarid qilgani, shuningdek, ushbu sub’ektlar tomonidan qurilish ishlarini amalga oshirishda rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali 56,1 million so‘m o‘zlashtirilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

Ahmadjon Shokirov, O‘zA muxbiri