Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida yetakchi korxona
16:06 / 2021-08-15

Sement va qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida nafaqat yurtimizda, balki Markaziy Osiyoda eng yirik korxonalardan biri sanalgan “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida bugungi kunda 20 turdan ziyod raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Korxonada bundan ikki yil oldin 8-sement maydalash tegirmonini qurish loyihasi amalga oshgach, sement ishlab chiqarish quvvati 500 ming tonnaga oshdi. Joriy yilning birinchi choragida  esa mazkur tegirmon  zamonaviy, yuqori samarador separator qurilmasini o‘rnatish orqali yopiq siklda sement maydalash tizimiga o‘tkazildi. Natijada sementni maydalash jarayonida elektr energiyasi sarfi 10 foizgacha kamayib, yuqori sifatli sement ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada ko‘paydi.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori korxona faoliyatini yanada jonlantirishga turtki berdi. Mazkur qaror doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirishga zamin yaratadi. Xususan, bu yerda 4-liniyaning ishga tushishi natijasida mahsulot tannarxi arzonlashib, ishlab chiqarish quvvati 5,7 million tonnaga yetkaziladi. Loyihani 2022 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan va ayni paytda hududda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Hozirda “Qizilqumsement” AJda 3 ming 350 nafarga yaqin muhandis-xodimlar va ishchi-xizmatchilar mehnat qilayotgan bo‘lsa, ularning 30 foizdan ko‘prog‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. So‘nggi yillarda mutaxassis xodimlarning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birgina o‘tgan yilning o‘zida korxonaning 648 nafar ishchi va muhandisi o‘z malaka va kasbiy tayyorgarligini oshirdi.

[gallery-3423]

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA