English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish klasterlari arzon va sifatli uylarni taqdim etadi
12:00 / 2020-07-30

Hozirda bu yerda 220 kishi doimiy ish bilan taʼminlangan.


Namangan viloyati Chust tumanidagi “Namangan sement” masʼuliyati cheklangan jamiyati korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot yuqori sifati bilan alohida ahamiyatga ega.

Birinchi bosqichi oʻtgan yili avgust oyida ishga tushirilgan mazkur korxonada loyihaga koʻra kuniga 700 tonna yuqori sifatli sement ishlab chiqarilmoqda. Loyihaga uchun 20 million dollar mablagʻ sarflandi. Hozirda bu yerda 220 kishi doimiy ish bilan taʼminlangan.

Ayni paytda zavodning ikkinchi bosqichini ishga tushirish jarayoni ketmoqda. Loyiha toʻliq ishga tushirilgach korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1 million tonnaga yetadi. Umumiy qiymati 49 million dollarga teng mazkur investitsion loyihaga 25 million dollar bank krediti, 24 million dollar korxonaning oʻz sarmoyasi yoʻnaltiriladi. 2021-yilning toʻrtinchi choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan navbatdagi bosqich yana qoʻshimcha 300 ta ish oʻrni yaratish imkonini beradi.

Taʼkidlash joizki, “Namangan sement” MCHJdagi qurilish ishlari korxonaning oʻz kuchi bilan amalga oshirilmoqda. Buning uchun jamiyatda barcha imkoniyatlar yetarli. Jumladan, soatiga 180 kubometr beton qorishmasi tayyorlaydigan 3 ta beton uzeli, oʻzini-oʻzi koʻtaruvchi beton opalubkalar, beton tashuvchi mikserlar, beton nasoslar, minorali kran va boshqa qurilish texnikasi hamda transport vositalari chetdan pudratchi yollashga oʻrin qoldirmaydi.

Muhtasar qilib aytganda, mazkur korxonani qurilish sohasidagi klasterning namunasi deyish mumkin. Sement zavodi, beton uzel va qoliplari bor, texnika, ishchi kuchi yetarli-ki, korxona jamoasi bemalol keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari xususan, turar-joy binolari qurilishining uddasidan chiqadi. Klaster tamoyilida quriladigan koʻp qavatli binolar, uylar arzon va sifatli boʻlishi tabiiy. Chunki chetdan deyarli hech narsa olinmaydi, barcha xom ashyo va vositalar mavjud.