Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish jarayoni hamisha nazoratda
12:18 / 2025-09-18

Farg‘ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyasi tomonidan Qo‘qon shahar “Movarounnahr”, “Xo‘jand” va “Istiqlol” ko‘chalari kesishmasida joylashgan 34,2 gektar yer maydonida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Mutaxassislar massivda qurilayotgan 6 338 xonadonga ega 84 ta ko‘p qavatli uy-joylarning sifat jihatdan mustahkamligini ko‘zdan kechirdi.  

Ta’kidlash kerakki, bunyod etilayotgan har bir qurilish ob’ekti sifat va mustahkamlik darajasi bo‘yicha belgilangan me’yorlarga javob berishi kerak. Xususan, beton poydevorlarni quyishda mutaxassislar zamonaviy texnologiyalardan foydalanmoqda.  

Binolarning zilzilabardoshligi nafaqat qurilish materiallari, balki loyihalash, injenerlik yechimlari va qonunchilik talablariga rioya etilishiga ham bog‘liq. Hududiy inspeksiya mutaxassislari tomonidan nazorat tadbirlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilib, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga doir zaruriy maslahatlar berilyapti.  

– Davlat nazoratini amalga oshirishda inspektorlarga  bodikameralar,  maxsus planshet va boshqa zaruriy vositalar berilgani qurilish ob’ektlarini mukammal tekshiruvdan o‘tkazish imkoniyatini yaratyapti.  Bu orqali yangi qad rostlayotgan binolarning seysmik xavfsizligi, qurilish sifati va uzoq yillarga xizmat qilishi ta’minlanadi, – deydi inspeksiya mutaxassisi Ravshanbek Mirzaqulov.  

M.Sulaymonov, O‘zA