Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish ishlarida sifat – bosh mezon
17:38 / 2025-10-13

Namangan viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan qurilish ob’ektlarida tizimli ravishda nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Tadbirlarda ob’ektlarda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining loyiha-smeta hujjatlariga mosligi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda shaharsozlik me’yor va talablariga rioya etilishi nazoratdan olib borilmoqda. 

Chortoq tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Chortoq arxitekt qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binosida o‘tkazilgan nazorat tadbirida pudratchi tomonidan birinchi qavatda g‘isht terish ishlari sifatsiz bajarilgani, ishchilar maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanmagani aniqlandi. 

Aniqlangan holat bo‘yicha pudratchiga bajarilishi lozim bo‘lgan yozma ko‘rsatma berilib, sifatsiz bajarilgan ishlar buzdirilib, qayta montaj qildirildi. Inspeksiya rahbari Murodjon Ne’matov boshchiligidagi ishchi guruh Chust tumanida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylarda olib borilayotgan qurilish ishlari va qurilish jarayoni to‘xtab qolgan ob’ektlarda o‘rganish o‘tkazdi. 

Dastlabki manzil – tumandagi Gulzor mahallasi bo‘lib, “Anvarjon Sayyora” va “Doktor Energy” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tarafidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joylar ob’ektlarda amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining holati atroflicha o‘rganildi. Jarayonda sifat talablariga rioya etilishi, ishlatilayotgan materiallarning me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi ko‘rilib qurilishni belgilangan vaqtda sifatli topshirish bo‘yicha tushuntirish berildi. 

Shuningdek, Do‘stlik mahallasida “Chust stroy xouse” korxonasi tomonidan barpo etilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Jarayonda har bir bosqichda sifat va tartib talablariga qat’iy amal qilinishi zarurligi ta’kidlandi va ekspertiza tashkiloti tomonidan ekspertiza xulosalaridagi nomuvofiqliklar bo‘yicha tuzatish kiritib berilishiga oydinlik kiritish tushuntirildi. 

Qurilish va loyihalashtirish ishlarida, albatta, metall g‘isht, mahsulotlari sifatli va chidamli bo‘lishi shart. Shunga ko‘ra, Namangan viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasining qurilish-sinov laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, viloyat hududidagi qurilish ob’ektlarida ishlatilayotgan materiallarning me’yoriy-texnik talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida amaliy sinov tadbirlari olib borilmoqda. Bunda, mutaxassislar ob’ektlardan olib kelingan namunalarni mustahkamlik darajasi, bosim va tashqi ta’sirlarga chidamliligi, sifati ko‘rsatkichlari to‘liq sinovdan o‘tkazilib, davlat standartiga mosligi bo‘yicha xulosalar berilmoqda. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.