Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish ishlari jadal bormoqda
13:42 / 2025-04-20

FOTOREPORTAJ

Namangan shahrining Sanoat mahallasida joylashgan 11-maktabgacha ta’lim tashkiloti investitsiya dasturi doirasida tubdan yangilanmoqda.

Bolajonlar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida muassasaning eski binolari buzilib, o‘rniga 3 qavatli, 150 o‘ringa mo‘ljallangan yangi bino barpo etilayotir. Loyiha uchun 4 milliard 872 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Hozirda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.

Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev mazkur ta’lim muassasasida bo‘lib, qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Loyiha bo‘yicha bajarilayotgan ishlar, muhandislik infratuzilmasi, binoning loyihaviy yechimlari va sifati o‘rganildi. 

Yangi qurilayotgan MTTda barcha talablarga javob beradigan keng va yorug‘ o‘yin xonalari, zamonaviy o‘quv kabinetlari, hovlida bolalar uchun yangi o‘yin va sport maydonchalari tashkil etiladi. 

[gallery-22922]

O‘rganishlar davomida qurilish ishlarini belgilangan muddatda va sifatli bajarish bo‘yicha mutasaddilar va quruvchilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh shuningdek, Sanoat mahallasini zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlashga qaratilgan yirik loyiha – hududga ichimlik suvi tortish ishlarini boshlash uchun ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlarini o‘rgandi. Mahallada YeBRR dasturi doirasida D-225 mm li uzunligi 2,2 km bo‘lgan ichimlik suvi tarmoqlari to‘liq yangilanadi. 

Ushbu ishlar natijasida aholining ichimlik suvi tarmog‘i to‘liq yangilanadi. Bu esa aholining turmush sharoitini sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qiladi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA