French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish ishlari ishchi guruh nazoratida
09:01 / 2023-03-31

Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi rahbari — Bosh prokuror o‘rinbosari Salom Samadov boshchiligidagi ishchi guruhi Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini o‘rgandi.

Ishchi guruhi tomonidan hududdagi pudratchi va buyurtmachi tashkilotlar, sektor rahbarlari hamda qurilish sohasiga bevosita mas’ul bo‘lgan idora va tashkilot rahbarlariga olib borilayotgan qurilish ishlari sifatini yaxshilash, qurilish ob’ektlarini o‘z muddatida foydalanishga topshirish, kurilish sohasidagi davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.  

Ma’lumot o‘rnida, viloyat bo‘yicha joriy yilda qiymati 532 milliard so‘mlik 311 ta qurilish – ta’mirlash loyihalari amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur loyihalarning 65 tasi Investitsiya dasturlari doirasida, 158 tasi mahalla va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash yo‘nalishida, 88 tasi “Tashabbusli byudjet” loyihalari doirasida amalga oshirilishi belgilangan.  

O‘rganish davomida, ishchi guruhi tomonidan dasturlarga kiritilgan qurilish ob’ektlariga ortiqcha ish hajmlari va qurilish materiallarini muvofiqlashtirish hisobiga mablag‘larni iqtisod qilib, qo‘shimcha qurilish loyihalariga ajratish choralari ko‘rilmoqda.

Sh. Suyarov,  

O‘zA