Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish ishlari hajmi 11,2 foizga oshdi
13:20 / 2026-01-02

Andijon viloyatida 2025 yilning o‘tgan 11 oyi davomida qurilish ishlari hajmi barqaror o‘sish sur’atlarini namoyon etdi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida hududda 1 ming 672 ta qurilish korxonasi faoliyat yuritgan bo‘lib, ular tomonidan jami 13,9 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 11,2 foizga oshgan.

Bajarilgan ishlar hajmining 37,8 foizi yirik qurilish tashkilotlari, 10,7 foizi kichik korxona va mikrofirmalar, 7,5 foizi esa norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Umuman olganda, keyingi uch yilda viloyatda qurilish ishlari hajmi qariyb 4,7 trillion so‘mga o‘sgan. Xususan, 2023 yilda mazkur ko‘rsatkich 9,2 trillion so‘mni, 2024 yilda esa 12 trillion so‘mni tashkil etgan.

F. Ubaydullayev, O‘zA muxbiri