Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish ishlari bilan yaqindan tanishishdi
12:03 / 2025-10-27

Nukus shahrida zamonaviy Kongress holl, savdo va ko‘ngilochar markaz, ikkita ko‘p qavatli turar joy binosi hamda 23 qavatli 5 yulduzli mehmonxona qurilish ishlari olib borilmoqda.

Hududiy bojxona boshqarmasi mas’ul xodimlari mazkur “AJ YATIRIM” loyihasi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishishdi. 

Ushbu loyiha xorijiy investitsiyalar asosida 1,68 gektar maydonda barpo etilmoqda. Loyiha qiymati 78 million AQSH dollarini tashkil etadi va yakunlangandan so‘ng 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, shuningdek, yillik byudjetga 8 milliard so‘m atrofida tushum kiritilishi rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlardan zamonaviy uskuna va jihozlar keltirish mo‘ljallangan. 

Xodimlar tomonidan tadbirkorlarga mazkur loyihaning qurilish ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilishi va ishga tushirilishida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA