Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish inspeksiyasi quruvchilarni ogohlantirdi
14:45 / 2026-02-05

Qurilish ob’ektlaridan chiqarilayotgan barcha texnika vositalari tozalangan holda hududdan olib chiqilishi shart. Bu talab atrof-muhitni muhofaza qilish, shahar ko‘chalarini ifloslanishdan saqlash va sanitar holatni saqlash maqsadida joriy qilindi.

Bu haqida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Inspeksiya eslatib o‘tganidek, qurilishda texnikalarning noto‘g‘ri chiqarilishi yo‘llar va atrof muhitning ifloslanishi, kanalizatsiya va shahar infratuzilmasiga zarar yetkazishiga olib kelishi mumkin. Shu bois, barcha qurilish tashkilotlariga qoidalarga qat’iy rioya qilish tavsiya qilinmoqda.

Belgilangan talablarga rioya qilinmasa, jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, mansabdor shaxslarga esa 70 baravari miqdorida jarima belgilanadi.

Bu choralar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, talablarga rioya qilinmaydigan holatda qurilish ishlarini vaqtincha to‘xtatish huquqi ham mavjud.

Qurilish ob’ektlarida qonunbuzilishga guvoh bo‘lgan fuqarolar Inspeksiya koll-markazi: 71-200-69-02 orqali xabar berishlari mumkin. Barcha murojaatlar (yashirin) ko‘rib chiqiladi va tegishli choralar ko‘riladi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA