Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish inshootlarining yong‘inga bardoshliligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
10:59 / 2023-08-31

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida “Qurilish inshootlarining yong‘inga bardoshliligini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda qurilish inshootlarining yong‘inga bardoshliligini o‘rganish, ularning mustahkamligi, ishonchliligi, olovbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy usul va innovatsion texnologiyalarni joriy etish kabi dolzarb masalalarni o‘rganish, tahlil etish hamda kursantlarga zamonaviy nazariy va amaliy tushunchalar berish, ularning bu sohadagi bilimlarini boyitish, shu bilan birgalikda ushbu sohalarda o‘z yechimini kutayotgan muammolarga javob bera oladigan tavsiyalar, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqish hamda amaliy ko‘nikmalarni yanada shakllantirish kabi masalalar muhokama etildi.  

Anjumanda so‘zga chiqqanlar, iqtisodiyot tarmoqlari jadal rivojlanayotgani, qurilish inshootlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning salbiy oqibatlarini kamaytirish, ularni bartaraf etishdagi muammolar yechimini topish, xavfsizlikni ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshirishda qo‘l keladigan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan fikr-mulohazalarni bildirdi.  

Anjuman doirasida tashkilotchilar tomonidan tashkil etilgan ilmiy innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi hamda badiiy va maxsus adabiyotlar yarmarkasi anjuman qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.  

—  Mamlakatimizda yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlarni uzluksiz monitoring qilish, tizimli kuzatuvni va nazoratni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavflar va tahdidlarni barvaqt aniqlash va prognozlash ma’lumotlarini, shuningdek, ularning yuzaga kelgani va oqibatlari to‘g‘risida doimiy va avtomatlashtirilgan axborot almashinuvini ta’minlashga mo‘ljallangan intellektuallashgan apparat – dasturiy majmua tizimini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratish joiz, – dedi podpolkovnik Quvondiq Murtazoyev. — Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bartaraf etish bo‘yicha anjumanda bildirilgan taklif-tavsiyalarni amaliyotga keng tatbiq etish orqali samarali natijaga erishamiz. Yurtimizda qurilayotgan bir-biridan ko‘rkam ko‘p qavatli bino-inshootlarning xalqaro standartlarga mos kelishi va yong‘inga bardoshliligiga  alohida e’tibor qaratish lozim. Zamonaviy texnologiyalar asosida mustahkamligini oshirish orqali sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi.  

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA