Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish, bunyodkorlik ishlari davom etmoqda
14:41 / 2022-08-03

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Buxoro viloyatida 147 ta ob’ektda yangidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Mazkur ob’ektlarning 59 tasi yildan-yilga o‘tuvchi, 88 tasi yangidan boshlanuvchi loyihalardir. 2022 yil yakuniga qadar ajratilgan 828,1 milliard so‘m mablag‘lar to‘liq o‘zlashtiriladi. 

Agar inson o‘z uyiga ega bo‘lsa, hayotda katta maqsadlar bilan yashaydi, oilasida tinchlik, ishida unumdorlik bo‘ladi. Mazkur yo‘nalishda viloyat tijorat banklari tomonidan  
1 ming 803 nafar fuqarolarga uy-joy sotib olishi uchun 256,8 milliard so‘mlik (shundan subsidiya asosida 547 ta 104,8 milliard so‘m) ipoteka kreditlari ajratildi. Shuningdek, yakka tartibdagi uy-joylar qurilishiga 256 nafar fuqarolarga 45,4 milliard so‘mlik kredit berilgan. 

[gallery-8127]

Umuman Buxoro viloyati bo‘yicha 2022 yilda 12 ta massivlarda  39 ta ko‘p qavatli 1 ming 258 ta kvartiralar quriladi. Jumladan, Buxoro shahrida 168 ta, Kogon shahrida 84 ta, Olot tumanida 40 ta, Qorako‘l tumanida 396 ta, Jondor tumanida 60 ta, Kogon tumanida 30 ta, Romitan va Vobkent tumanlarida 100 tadan, Peshku tumanida 90 ta, Buxoro tumanida 80 ta va Shofirkon tumanida 110 ta xonadonlar qurib foydalanishga topshiriladi. 

Hozirda viloyat bo‘yicha 39 ta uy-joylar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. 22 ta uy-joylar bo‘yicha ekspertiza xulosalari olingan. 8 ta uy-joy bo‘yicha qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tib, qurilish ishlari boshlangan. 

Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Qorako‘l tumani “Do‘rmon” massivida 12 ta, G‘ijduvon tumani “Baraka” mahalla fuqarolar yig‘inida 24 ta 5 qavatli uy-joylar qurilishi belgilangan. 

Zarif Komilov,  
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA