Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilib foydalanishga topshirilgan va qurilishi davom etayotgan binolar o‘rganilmoqda
17:24 / 2021-05-25

Respublikamizning barcha hududlarida ulkan hajmdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilyapti. Albatta, binolarga ishlatilayotgan qurilish mahsulotlari ham standart talablariga javob berishi lozim. Aks holda, qurilishlar inson hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishi turgan gap.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy Axborot Agentligi o‘rtasida imzolangan Memorandum asosida joylarda qurilib foydalanishga topshirilgan va qurilishi davom etayotgan bino va inshootlarda jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv-o‘rganishlar olib borilmoqda.

 Afsuski, o‘rganishlar natijasini ijobiy deb bo‘lmaydi. Nurota tumanidagi 6-DMTT 2020 yil fevral oyida «Azizbek nurli kelajak sari» MCHJ tomonidan qurilib foydalanishga topshirilgan. Achinarlisi shundaki, maktabgacha ta’lim tashkilotining hududi devor bilan o‘ralmagan qismining 3 tomoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi yashash xonadonlarining devori bilan chegaralangan.

 Bino atrofidagi sement yo‘lak chetlari yemirilgan, bu esa ishning ham, sement mahsulotining ham sifatsizligidan dalolat berib turibdi. Yog‘ingarchilik vaqtlarida aholi xonadonlarining tomidan oqadigan yomg‘ir va qor suvlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri DMTT hovlisiga tushadigan qilib qo‘yilgan.

 Bino tomidan va qo‘shni hovlilar tomidan tushadigan suvlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri DMTT hovlisiga – bolalar maydonchalariga, ekin maydonlariga kelib to‘planadi va o‘z navbatida binoga ham jiddiy zarar yetkazadi.

Afsuski, binoga kirish foyesining tashqi qismiga o‘rnatilgan tarnov ham bino «husniga husn qo‘shib turibdi».

 O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati