Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurigan daraxtlar, axlat uyumi, bu piyodalar yo‘lidan odamlar o‘tadi. Ular orasida xorijlik mehmonlar bor (+video)
22:56 / 2023-05-15

Bizga ma’lumki, atrof-muhitga tashlanadigan asosiy zaharli tashlamalar avtomobillardan tashlanadi. Bu nafaqat Toshkent havosining ifloslanish miqdorining oshishiga, balki, aholi salomatligiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda qurilishlar va avtomobillar soni keskin ortib borayotgani bois “Yashil makon” loyihasi bilan ko‘proq shu kabi asosiy, ko‘zga ko‘rinarli qismlarini to‘liq qamrab olishni taqozo etadi. Xabaringiz bor, ushbu xayrli ishlar diyorimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Biroq, taqiqlanganligiga qaramay, ayrim hududlarda imi-jimida daraxtlarning kesib ketilayotgani kishini o‘ylantiradi. Nahotki, ular daraxt kesganlik bilan bog‘liq qonunchiligimizga o‘zgarishlar kiritilganidan behabar bo‘lsalar?

Birgina misol, Mirobod tumanining Buyuk Turon koʻchasidagi piyodalar oʻtish yoʻlidan har kuni minglab fuqaro oʻqishga, ishga oʻtib qaytadi. Ular qatorida bugun ushbu trotuardan oʻta turib, shoh-shabbalarning tartibsiz holatda sochilib yotganiga guvoh boʻldik. Daraxt kesishga shijoat topganlar uning qoldiqlarini ham bir yoʻla yigʻishtirib ketishlari mumkin edi.  

Shu yerdagi qoq belidan kesilgan daraxt esa shamolda singanmikan degan taxminlarga unchalik mos kelmayotgan edi. Mazkur holat bu yoʻldan tez-tez qatnaydigan sevimli yozuvchimiz Nortoʻxta Qilichni ham befarq qoldirmadi, u oʻz kechinmalarini quyidagicha ifodaladi:  

“Bu kesilgan daraxtlarni koʻrib, shamol qilganmikan deb oʻyladim. Sal narida esa axlat uyulib yotganini koʻrdim. Hayolimda buni qilganlarni tutib tuzlayaman... Shu eskirgan daraxtlarni tomiri bilan koʻchirib, oʻrniga 5-10 yillik koʻchatlarni olib kelib, tikib qoʻymaydimi?  

Shahar siz bilan bizni jon-u dilimizdek aziz, manzil makonimiz! Ona tabiatimizni asrashimiz zarur!” deydi u yonib.  

Biz holatni tasvirga olib, Tabiat resurslari vazirligi orqali Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xodimi hamda Mirobod tumani Ekologiya inspeksiyasi xodimlarini xabardor qildik. Maqsadimiz, uzoq yillardan buyon qad koʻtarib turgan bu daraxtlarning nima sababdan kesilganligiga aniqlik kiritish va hududdagi ayrim muammolar yuzasidan ham savollarimizga javob olish edi. Bir ozdan soʻng masʼullar belgilangan manzilga yetib keldilar va holatga oydinlik kiritishga kirishdilar. Oʻrganish chogʻida esa daraxtlarning 13-may, Shanba kuni yuz bergan shamol natijasida singanligi, TOBning tungi navbatchi qismida ishlayotgan xodimlar kelib, baxtsiz hodisa yuz berishining oldini olish maqsadida, singan shox-shabbalarni saralab qoʻyganliklari va bugun maxus yuk mashinalarinda olib ketilishi maʼlum boʻldi.  

Mutaxassislarning bu xulosasidan soʻng har tugul, koʻnglimiz taskin topdi. Har holda daraxtlar atay kesilmagan, boshqa muammolar ham maʼlum qilingani zahotiyoq eʼtiborga olindi va bartaraf etilajagi aytildi. Biroq, tanasi qurigan koʻp-yillik daraxtlar shu tariqa sinib tushayotgan ekan bir yoʻla kesib, oʻrniga manzarali daraxtlarni ekish choralari allaqachon koʻrilishi mumkin edi. Sababi, trotuar boʻylab daraxtlarning shoxlari anchadan buyon elektr toki oʻtib turgan simlarga shundoqqina tegib turibdi.  

Bundan hududiy elektr tarmoqlari masʼullarining xabari bormikan yoki biror kor-hol yuz bergandan soʻnggina holatga eʼtibor qaratilarmikan?  

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ham bu koʻchaga qachon yangi daraxtlar ekiladi, bunisi hozircha nomaʼlum. Qurib, eskirib borayotgan daraxtlar soyasida esa avtomobillar saqlanadi, odamlar oʻtadi... Ob-havo sharoitida zarar koʻrgan shoxlarning toʻsatdan sinib, piyodalar yoki avtomobillarga zarar yetkazmasligiga ham kafolat yoʻq.

Shuningdek, eʼtiboringizni shu manzilning oʻzidagi yana ikkita holatga qaratmoqchimizki, “koʻzga chiqqan yaradek” koʻrinarli boʻlib turgan ushbu yoqimsiz manzara ham uzoq yillardan buyon masʼullar eʼtiboridan chetda qolib kelmoqda, OʻzA hamda “Sharq nashriyoti” binolarining qarshisida qad rostlab turgan daraxt ostida muntazam ravishda chiqindilarning toʻkilib kelinadi.

Toʻgʻri, TOBning masʼul xodimlari tomonidan har gal shu nuqtada toʻplanuvchi axlatlar maxsus chiqindi tashish avtomashinalarida yigʻishtirib olib ketiladi. Biroq, negadir tashkilot bu yerda vaqtinchalik saqlash mumkin boʻlgan maxsus usti yopiq axlat qutilarini oʻrnatishni paysalga nega paysalga solib kelmoqda. Natijada yozning jazirama issigʻida ushbu axlat uyumi antisanitar holatga keladi va biron bir kasallik tarqalishi ehtimoli ham yoʻq emas.  

Qolaversa,  ushbu hududdagi mashhur Knyaz Romanov saroyi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi va shinam hiyobonlarni koʻrish uchun keladigan xorijlik mehmonlarda bu holat qanday taassurot uygʻotayotgan ekan?  

Achinarlisi, biz axlat chelagini qoʻyishlarini soʻrab, oʻtgan yili ham tashkilot xodimlariga murojaat qilganmiz. Ammo oradan bir yil oʻtdi hamki, TOB uyulib yotgan axlatni vaqtinchalik saqlash mumkin boʻlgan maxsus qutilarni qoʻymadi.  

Trotuarning yana bir qismi esa oʻsgan daraxtlarning shox-shabbalari bilan toʻsilib qolgani bois shunchaki, ayrim avtomobillarni quyosh nuridan saqlash uchun xizmat qilmoqda xolos...  

Aslida trotuarlar piyodalarga xizmat qilishi kerakmasmi?  

Xullaskalom, shu kabi kamchiliklar nazoratga olindi va tez orada bartaraf etilishi maʼlum qilindi.  

<iframe width=“650” height=“420” src="https://www.youtube.com/embed/ZUfdzzqRFHc“ title=”Qurigan daraxtlar, axlat uyumi, bu piyodalar yoʻlidan odamlar oʻtadi. Ular orasida xorijlik mehmonlar..“ frameborder=”0“ allow=”accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, OʻzA