Qurbonboyev Suqrotbek Ixtiyor o‘g‘lining fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Analitik ko‘pxilliklarda kuchli m-subgarmonik funksiyalar” mavzusida
Qurbonboyev Suqrotbek Ixtiyor o‘g‘lining “Analitik ko‘pxilliklarda kuchli m-subgarmonik funksiyalar” mavzusidagi 01.01.01 – “Matematik analiz” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 26 dekabr kuni soat 14:00 dagi onlayn majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy
Tel./faks: (99871) 246-02-30
e-mail: nauka@nuu.uz