Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurbon hayiti oldidan bozorlarimiz yanada fayzli (+video)
19:54 / 2024-06-14

Yurtimizda havo haroratining isishi dalalarimizga fayz-baraka, bozorlarimizga o‘zgacha bir ko‘rk bag‘ishlagan. Bu yilgi Qurbon hayiti ham aynan meva-sabzavotlarning yoz faslining to‘kinlik pallasiga to‘g‘ri keldi. Shundanda bo‘lsa kerak bozorlarimizda ham harorat yuqori. Barcha qutlug‘ ayomni to‘kin dasturxon atrofida nishonlashni istaydi.

Masalan, “Yunusobod dehqon bozori”ga kiraverishdayoq, insonning kayfiyati ko‘tariladi. Bayram munosabati bilan kirish yo‘lagidan tortib rastalargacha qo‘zni quvontiradigan darajada bezatilgan. 

Bayram oldidan aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida bozor ma’muriyati oziq-ovqat mahsulotlari, meva va sabzavotlarni aholiga arzon narxlarda yetkazib berish uchun barcha zaxiralarni ishga solgan. Bobodehqonning zahmatli mehnatidan hosil bo‘lgan bu mahsulotlar “Daladan - dasturxonga” tamoyili asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermer va dehqon xo‘jaliklari dalasidan xaridorga yetkazib berilmoqda. Narxlar ham shunga mos ravishda arzon. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hJHK91k5ZAw" title="Qurbon hayitida bozorlarimiz yanada fayzli" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Arzonlashtirilgan bayram yarmarkasi uchun bir kunda ushbu bozorga 3-3.5 tonna kartoshka, 2 tonnadan ziyod piyoz, 2 tonnaga yaqin sabzi, 10 tonnaga yaqin un-shakar mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berilmoqda. 

Shuningdek, yog‘, go‘sht, paranda mahsulotlari ham yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma asosida arzonlashtirilgan narxlarda xaridorlarga sotiladi. 

Bayram arafasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun 18 ta rasta, oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlar uchun 10 ta rasta, go‘sht mahsulotlari uchun maxsus muzlatkichli 12 ta rasta jihozlantirildi. 

Narxlarning mo‘’tadilligini saqlash uchun jamoatchilik nazorati o‘rnatildi va Bosh prokuratura departamenti tomonidan sotuvchilar o‘rtasida muntazam profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, arzonlashtirilgan mahsulotlar sotuvi so‘nggi yillarda doimiy ravishda davom etib kelayotir. 

Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA