Yurtimizning barcha jome’ masjidlarda joriy yilning 6 iyun kuni Qurbon bayrami munosabati bilan hayit namozi o‘qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi hayit namozi qaysi hududda qachon o‘qilishi vaqtlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahri masjidlarida hayiti namozi ertalab soat 05 dan 10 daqiqa o‘tganda o‘qiladi.
Hayit namozi Respublika hududlarida quyidagi vaqtlarda ado etiladi:
Andijon 05:00
Namangan 05:00
Farg‘ona 05:00
Toshkent shahri 05:10
Toshkent viloyati 05:10
Sirdaryo 05:20
Jizzax 05:20
Samarqand 05:20
Surxondaryo 05:25
Qashqadaryo 05:25
Navoiy 05:30
Buxoro 05:30
Xorazm 05:45
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi 05:50
O‘zA