Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatga chegirmalar e’lon qilindi
Turizm qo‘mitasi tomonidan Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 2024 yil 16-18 iyun kunlari aholining dam olish vaqtini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab chegirmalar joriy etilmoqda.
Mazkur chegirmalar yurtimizda joylashgan davlat teatrlari, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etilmoqda.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA